Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada jazirama issiqlik tufayli sakkiz mingdan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi
So‘nggi bir hafta ichida Yaponiyada sakkiz mingdan ortiq odam kasalxonalarga yotqizilgan. Bunga jazirama tufayli issiqlik urishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Kasalxonaga yotqizilganlarning aksariyati 60 yoshdan oshgan odamlardir. Ulardan ba'zilari bog‘da uzoq vaqt ishlagan, boshqalari tejamkorlik qilib uyda konditsionerni yoqmagan.
So‘nggi yetti kun ichida kamida 23 kishi g‘ayritabiiy harorat tufayli vafot etgan.
Yaponiyaning shimoli-sharqiy qirg‘og‘ida issiq ob-havodan so‘ng kuchli shamol yuzaga kelgan. U yerga «Nepartak» tayfuni ko‘tarilgan. Mamlakatdagi yomon ob-havo tufayli 20 dan ortiq reyslar bekor qilingan.
Sinoptiklar yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilishmoqda. Mahalliy hokimiyat shu sababli ko‘chkilar va daryolardagi suv sathining ko‘tarilishi xavfi borligidan ogohlantirmoqda.
Avvalroq, Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq havo sababli deyarli 500 kishi vafot etgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
22:52 / 30.06.2026
Konditsionersiz uydagi haroratni pasaytirishga yordam beradigan 5 ta samarali usul
22:02 / 29.06.2026