Jahon | 21:55 / 29.07.2021
4712
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi uchinchi emlashni ma'qulladi

Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi 60 yoshdan katta fuqarolarni koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashga ruxsat berdi. Bu haqda Times of Israel nashri xabar qildi.

Foto: Getty Images

Ta'kidlanishicha, Isroil aholisi revaksinatsiya qilinadigan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

Koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini ikkinchi dozani olganiga 5 oydan oshganlar olishi mumkin bo‘ladi. Uchinchi doza bilan emlash 1 avgustdan boshlanadi.

Oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusning yangi shtammlaridan himoyalanish uchun qondagi antitanachalar miqdori eski shtammlardagiga qaraganda ko‘proq bo‘lishi lozim. Organizmda antitanachalar miqdorini oshirish yo‘li buster, ya'ni uchinchi doza bilan emlash hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, revaksinatsiyasiz koronavirus yuqtirib olish xavfi oshadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid