O‘zbekiston | 12:08 / 29.07.2021
5518
2 daqiqa o‘qiladi

Kitob tumani hokimi shifoxonada davolanayotgani sababli uning vazifasini bajarish vaqtincha o‘rinbosariga yuklatildi

Kitob tumani hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosariga yuklatilgan. Ma'lum bo‘lishicha, tuman hokimi sog‘ligidagi muammolar tufayli shifoxonada davolanmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Kitob tumani hokimi Alisher Zokirov davolanishga chiqqanligi sababli hokim vazifasini bajarish uning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Adham Po‘latov zimmasiga yuklatilgan. Bu to‘g‘risida tuman hokimining 27 iyul kuni farmoyishi imzolangan.

Qayd etilishicha, mazkur farmoyish Alisher Zokirov davolanib bo‘lib, o‘z vazifasiga kirishgan kundan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.

Kun.uz Kitob tumani hokimining sog‘ligidagi muammo yuzasidan ma'lumot olish uchun Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov bilan bog‘landi. Uning aytishicha, Alisher Zokirov koronavirusga chalinmagan, sog‘ligidagi boshqa muammolar yuzasidan muolaja olyapti.

Ma'lumot uchun, Alisher Zokirov 2019 yil 26 oktyabrda Kitob tumani hokimi etib tayinlangandi. Tayinlovgacha u «Mikrokreditbank» ATB Qashqadaryo viloyat filiali boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid