Jahon | 21:56 / 29.07.2021
3180
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada o‘rmon yong‘inlarining sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov boshlandi

Turkiya hukumati Antalyadagi o‘rmon yong‘inlarining sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov boshladi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i Faxriddin Oltun ma'lum qildi.

Foto: Reuters

“Yong‘inlar sabablarini aniqlash bo‘yicha har tomonlama tergov boshlandi. Tabiatimiz va o‘rmonlarimizga ziyon yetkazishga uringanlar tez orada o‘z qilmishi uchun javob beradi. Biz yong‘inlarga qarshi kurashayotgan qahramonlarimizni duo qilib qolamiz. Davlatimizning barcha imkoniyatlari falokatga qarshi kurashga safarbar qilingan”, deb yozgan Oltun.

28 iyulda Antalyada o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida 82 yoshli bir kishi halok bo‘ldi, 62 kishi jabrlandi. Ta'kidlanishicha, bu yerda yong‘inni hanuzgacha to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘linmagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar Turkiyaning Marmaris va Bodrum kurort shaharlarigacha yetib bordi. Olov yashash maskanlariga yaqinlashgani sababli mehmonxonalar xodimlari va turistlar evakuatsiya qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid