Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh amerikalik harbiylar bilan ishlagan afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilishni boshladi
Juma kuni "Tolibon" jangarilaridan xavfsirayotgan sobiq tarjimonlar va boshqa xodimlar AQShga yetib keldi.
AQSh amerikalik harbiylar bilan ishlagan bir guruh afg‘onistonliklarni Amerikaga olib ketdi, deb xabar berdi Associated Press (AP) agentligi.
Shu tarzda Vashington Amerika armiyasi bilan hamkorlik qilgan mahalliy aholini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni boshladi.
"Bugun muhim bosqich: biz so‘nggi 20 yil davomida Afg‘onistonda amerikalik harbiylar va diplomatlar bilan yelkama-yelka ishlagan minglab afg‘onlarga bergan va'damizni bajarishda davom etamiz", - deyiladi AQSh prezidenti Jo Baydenning bayonotida.
Juma kuni "Tolibon" jangarilaridan xavfsirayotgan sobiq tarjimonlar va boshqa xodimlar AQShga yetib keldi.
AQSh hukumati amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan 2,5 mingga yaqin afg‘onistonlikni evakuatsiya qilishni rejalashtirgan.
Bayden ma'muriyati ushbu operatsiyani "Ittifoqchilar boshpanasi" (Allies Refuge) deb nomlagan.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026