Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusga Rossiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini istisno qilmadi
Belarus prezidentining ta'kidlashicha, hozircha bunga zarurat yo‘q.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko zaruriyat tug‘ilsa, respublikada Rossiya qurolli kuchlarini joylashtirishga tayyorligini aytdi.
"Agar biz qurayotgan ittifoq davlat, Belarus va Rossiya xavfsizligi uchun bu yerda barcha turdagi qurollarga ega bo‘lgan qurolli kuchlarni joylashtirish zarur bo‘lsa – bu yerga zudlik bilan joylashtiriladi", - dedi Lukashenko.
Uning ta'kidlashicha, hozircha bunga zarurat yo‘q.
"Biz mustahkam, jamlangan qurolli kuchlarga egamiz. Kerak bo‘lganida qisqa vaqt ichida 500 ming kishini qurollantira olamiz. Agar bu kamlik qilsa, bu yerga Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari kiritiladi. Hech qachon bunday bo‘lmaydi. Ammo kerak bo‘lsa, o‘ylab o‘tirmaymiz", - dedi Belarus prezidenti.
U shuningdek, mamlakatda Rossiya bazalarini joylashtirish masalasi hech qachon yuqori darajada muhokama qilinmaganini aytdi.
Mavzuga oid
21:11 / 23.12.2025
Sotsiologlar rossiyaliklar uchun 2025 yilning asosiy voqealarini aytdi
17:16 / 23.12.2025
Rossiyadan bir yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
15:15 / 23.12.2025
Rossiyada universitetlardagi 45 ming pulli o‘rin qisqartiradi
14:34 / 23.12.2025