2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha zo‘ravonlikdan jabrlangan jami 20 ming 387 kishiga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan. Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan 6 oyida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish holatlari yuzasidan respublika bo‘yicha ichki ishlar organlariga qilingan murojaatlar soni 20 ming 704tani tashkil etgan. Shundan 20 ming 387 kishiga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan.

Tahlil qilinsa, himoya orderlarining 14 ming 133 holatda er tomonidan xotiniga, 488 holatda kelin tomonidan qaynonaga, 739 holatda qaynona tomonidan kelinga hamda 5027  holatda boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir bo‘lganda berilganini ko‘rish mumkin. Zo‘ravonlik holatlarining 17 ming 919tasi oilada, 1690tasi ko‘chada, 459tasi jamoat joyida, 283tasi ish joyida va 36tasi ta'lim muassasasida sodir etilgan.

Ma'lumotlar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish holatlari vodiy viloyatlari va vohada ko‘payganini ko‘rsatmoqda. Farg‘ona viloyatidan – 2 766ta, Qashqadaryo viloyatidan – 2 284ta va Andijon viloyatidan 1 837ta murojaat qayd etilgan.

2020 yilning o‘tgan shu davri bilan taqqoslanganda himoya orderi berilishi qariyb 6 barobarga oshgani ma'lum bo‘ladi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmatining ma'lumot berishicha, 2020 yilning dastlabki 7 oyida respublika bo‘yicha jami 3 592 nafar xotin-qizga himoya orderlari rasmiylashtirib berilgan edi.

Himoya orderi nimalardan himoya qiladi?

Qonunga ko‘ra, himoya orderi zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni quyidagicha himoyalaydi:

  • tazyiq o‘tkazishni va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlaydi;
  • taraflar o‘rtasida aloqani taqiqlaydi (ish va ta'lim muassasalarida bilvosita aloqaga yo‘l qo‘yiladi);
  • taraflarning bir xonada birga bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;