Ijtimoiy himoya milliy agentligi qayd etişiça, mazkur davrda 1,7 ming nafar tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollar birlamçi kömak xonalariga joylaştirilib tibbiy yordam berilgan.
Uşbu ayollarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan psixologik va yuridik yordamlar körsatilib, çuqurlaştirilgan reabilitatsiya xizmatlariga muhtoj bölgan 202 nafar ayol Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazlariga joylaştirildi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida tazyiq va zöravonlikka uçragan 19,3 ming nafar ayol bilan suhbat ötkazilib, sörovnomalar asosida ularning holati örganildi va xizmatlar taklif qilindi.
Şu bilan birga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kunduzgi qatnov asosida 3,5 ming nafar tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollarga yuridik, psixologik va boşqa xizmatlar körsatildi.












