Bugun, 29 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi. Unda IIV boşqarmasi xotin-qizlar masalalari böyiça inspektori Nilufar Ğiyosova himoya orderi oliş jarayonini tuşuntirib berdi.

«Himoya orderi haqida Qonunning 23-moddasida aniq ma'lumot berilgan. U 24 soat içida zöravonlikka uçragan fuqaroga beriladi. Oilasi va atrofdagilar tomonidan tazyiqqa uçragan xotin-qizlarga order qay tartibda beriladi? Jabr körgan ayol yoki bu haqida xabardor bölgan uçinçi şaxs (qöşni, qarindoş va boşqalar) yaşaş hududidagi huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qiladi.

Xotin-qizlar masalalari böyiça profilaktika inspektorlari jabrdiydaning yaşaş şaroitini örganib çiqadi. Mahalla faollari, hududdagi xotin-qizlar qömitasi mas'ul vakillari iştirokida vaziyat örganib çiqiladi, qöşnilarning fikri ham olinadi. Har bir instansiyaning xulosasi jamlanib, 24 soat muddatda order beriş masalasi hal qilinadi. 30 kunlik muddat uçun beriladigan hujjat 3 nusxada böladi, ya'ni arizaçi, zöravonlik sodir qilgan şaxs va profilaktika inspektorida saqlanadi.

Hujjat yuridik kuçga ega hisoblanadi. 30 kun muddatda jabr körgan ayolga zöravonlik sodir qilgan şaxs tomonidan yana tan jarohati yetkazsa, fuqaroga nisbatan jinoyat işi oçiladi. Xavf-xatar hali bartaraf qilinmagani aniqlansa, himoya orderi muddati uzaytirilişi mumkin», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda Xotin-qizlar qömitasi raisi birinçi örinbosari Zulayho Mahkamova zöravonlikka uçragan ayollar soni haqida axborot berdi.

«Qömita qoşida 197ta «Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş Markazlari» işlamoqda. Markazlarga ötgan yili 22 ming 383 nafar xotin-qizlar murojaat qilgan. 7 ming 423 nafariga psixologik yodamlar körsatildi.

2019 yilda huquqiy masalalar yuzasidan 3 ming 311ta murojaat kelib tuşgan bölsa, ularning 800 nafardan ortiği zöravonlik va tazyiqqa uçraganini ma'lum qilgan. 1146 «Işonç telefoni»ga qilingan 815ta murojaatdan 50dan ziyodi şu masala böyiça hisoblanadi. Demak, umumiy hisobda 2019 yilda 1000ga yaqin ayollar maişiy zöravonlikdan aziyat çekişgan. Bu raqam, afsuski, reallikda bundan-da yuqori, çunki hamma ham tazyiqqa uçrayotganini oçiq-oydin aytolmaydi», deydi u.