Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyadagi diplomatik missiyalarida ishlaydigan 180dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi
Aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar diplomatik missiyalariga xodim yollashni cheklagandi.
AQSh Moskva, Vladivostok va Yekaterinburgdagi diplomatik missiyalarida ishlaydigan 182 nafar xodimni ishdan bo‘shatishga majbur. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi.
«Rossiya hukumati avgustdan boshlab AQShga rossiyaliklar yoki uchinchi mamlakatlar fuqarolarini ishga yollash yoki ular bilan mehnat munosabatlarini amalga oshirishni taqiqlamoqda. Natijada 182 nafar mahalliy xodimni ishdan bo‘shatishga va Moskva, Vladivostok va Yekaterinburgdagi obektlarimizdagi o‘nlab pudratchilar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilishga majburmiz», — dedi Blinken.
Aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar diplomatik missiyalariga xodim yollashni cheklagandi. Qayd etilishicha, bunday davlatlarning elchixona, konsulxona hamda davlat organlari va muassasalari vakolatxonalariga mahalliy aholi bilan mehnat shartnomasi tuzish cheklanadi.
«Do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalarida ishlaydigan xodimlar sonini hukumat belgilaydi. Bunda o‘sha mamlakat fuqarolari bo‘lgan xodimlarga nisbatan cheklov joriy etilmaydi.
Putin ushbu farmonni imzolagan vaqtda «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar ro‘yxati hali tuzilmagandi. Ro‘yxat may o‘rtalarida e'lon qilindi, unga AQSh va Chexiya kiritildi.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
20:27 / 13.07.2026