Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda Tumanlararo COVID-19 taqsimlash markazi ochildi
27 iyul kuni Beruniy tumanida Tumanlararo COVID-19 taqsimlash markazi ochildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, markazning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Murad Qurbanov ishtirok etgan. U markazda yaratilgan sharoitlar, bemorlar holidan xabar olgan.

Ma'lum qilinishicha, markazda 100 nafar bemorga mo‘ljallangan. COVID-19 sertifikatga ega tajribali shifokorlar Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal'a tumanlaridagi bemorlarga tibbiy yordam berishi nazarda tutilgan.
Qoraqalpog‘istondagi birinchi tumanlararo COVID-19 taqsimlash markaziga qancha mablag‘ ajratilgani haqida hozircha qo‘shimcha ma'lumot berilmadi.

Ma'lumot uchun, kecha Qoraqalpog‘istonda 90 kishi koronavirusga chalingandi. Bu oxirgi kunlardagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Murad Qurbanov koronavirusga chalingan bemorlar davolanadigan Nukusdagi maxsus kasalxona sharoiti haqida aytgandi.
Mavzuga oid
14:43 / 04.10.2025
Qoraqalpog‘istonda "Sahro sadosi" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi
08:50 / 26.09.2025
Qoraqalpog‘istonda ayol sudyalar ulushi mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi
13:46 / 23.09.2025
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMga 500 ta maqsadli kvota ajratildi
13:26 / 23.09.2025