Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi aeroport snaryadlardan o‘qqa tutildi
Afg‘onistonning Qandahor shahri aeroportiga kamida uchta snaryad bilan zarba berildi. Snaryadlardan ikkitasi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushgan.
Hujum 1 avgustga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Buning oqibatida aeroportdan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan barcha reyslar bekor qilingan.
Aeroport rahbarining ta'kidlashicha, hozirda uchish-qo‘nish yo‘lagini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda va aeroport o‘z ishini 1 avgust kechga yaqin davom ettirishi kutilmoqda.
Avvalroq Afg‘onistonning Hirot shahrida BMT qarorgohiga hujum uyushtirilgandi. Hujum davomida bir nafar afg‘on politsiyachisi halok bo‘lgan, yana bir necha zobit yaralangan. BMT xodimlaridan hech kimga shikast yetmagan. Hujumdan oldin ushbu hududda hukumat kuchlari va “Tolibon” o‘rtasida janglar borgan. BMTda ta'kidlanishicha, hujumga hukumatga qarshi kuchlar aloqador.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026