Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 1-2 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi mavjud, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet» .
Noxush vaziyatlar vujudga kelganda FVVning 1050 qisqa raqamiga murojaat etish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Qirg‘iziston hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga sel kelgandi. Hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lib, 6 kishi jarohatlandi.
Shuningdek, Namangan viloyati Pop tumani tog‘li «Imomota» MFY hududlaridagi soyda 20 iyul kechasi kuchli sel bir qancha mashinalarni oqizib ketdi.
22 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel keldi.
Mavzuga oid
09:42
2–6 mart: tog‘li hududlarda sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi
09:55 / 25.02.2026
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
10:29 / 19.02.2026
Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
10:32 / 16.02.2026