Sport | 22:15 / 02.08.2021
28844
1 daqiqa o‘qiladi

«Ikkimizga ham oltin bera olasizmi?» - Olimpiada tarixida ilk marta oltin medal ikki sportchiga topshirildi

Olimpiya O‘yinlari tarixida ilk marta balandlikka sakrash bo‘yicha g‘oliblik ikki sportchi o‘rtasida bo‘lindi. 

Tokio-2020 Olimpiadasining yengil atletika sport turi balandlikka sakrash bahslarida italiyalik Janmarko Tamberi va qatarlik Moataz Essa Barshim barcha urinishlarda bir xil ko‘rsatkich qayd etdi. Ular eng yuqori marra – 2,37 metrni zabt etishdi.

Natijalar bir xil ko‘rinish olgani sababli hakam ikki sportchining roziligini so‘ragach, italiyalik Janmarko «Bizga ikkita oltin medal berishning iloji bormi?» deb so‘radi. Hakam esa «Hamma gap sizlarda, agar xohlasanglar iloji bor» deb javob qaytargach, italiyalik sportchi «Tarixga kiramiz, og‘ayni», deya qatarlik raqibi bilan qo‘l tashlab, g‘alabani o‘zaro nishonlashdi.

Sportchilar ishtirokidagi cheksiz quvonch va his-hayajonga boy ushbu vaziyatni tomosha qiling:

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid