Tokioda ötkazilgan olimpiada öyinlari yakunlangaç, unda sovrindor bölgan 5 nafar özbekistonlik sportçi munosib taqdirlandi. Ularga pul mukofoti, qimmatbaho maşina va uy sovğa qilindi. Xöş, boşqa mamlakatlarda sportçilar qanday taqdirlandi?
Demak, özbekistonlik atletlarning qanday taqdirlangani haqida yana bir bor eslaymiz. Oltin medal sohibi bölgan Uluğbek Raşidov, Akbar Jörayev va Bahodir Jalolov davlat tomonidan va'da qilingan 200 ming dollar mukofotni olişdi. Bronza medali sohiblari Davlat Bobonov hamda Bekzod Abdurahmonovga 50 ming dollardan berildi.
Qöşimçasiga esa oltin medal olganlarga 80 ming dollardan qimmatroq turuvçi Tahoe, bronzaçilarga esa 40 ming dollar atrofida turuvçi Trailblazer sovğa qilindi. Şuningdek, çempionlar Toşkent şahridan hovli, bronzaçilar esa kvartira olişdi. Özbekiston 5 nafar sportçini taqdirlaş uçun jami 1,5 million dollarga yaqin mablağ sarfladi.

Buni eng katta xarajat deb öylaysizmi? Yöq, bundan ança köp xarajat qilganlar ham topiladi.
Masalan, Xitoyda olimpiadada medal olgan har bir sportçiga mahalliy Hongqi limuzinlari berildi. Oltin medal olgan 38 sportçiga bu maşinalar sovğa qilingan bölsa, kumuş va bronzaçilar bu ajoyib ulovni çeksiz muddatga foydalaniş uçun olişdi. Xitoylik 88 atlet medal olganini inobatga olsak, mamlakat ularni yangi avloddagi robotlaştirilgan maşinasi bilan taqdirlaşning öziga 7 million dollardan köproq sarflagan.
Şuningdek, xitoylik sportçilarga medalning darajasiga qarab 45 ming, 30 ming va 15 ming dollar atrofida mukofot tölanişi oldindan ma'lum edi. Xitoy delegatsiyasida eng yoş çempion bölgan Kuan Xon Çan hali 14 yoşda. U özi olgan 45 ming dollarni bemor onasini davolatişga sarflamoqçi ekanini aytdi. «Onam qanaqa kasal bölganini bilmayman, lekin oilamizga uni davolatiş uçun köp pul kerakligini bilaman», deydi qizaloq.
Qozoğistonlik Igor Son Tokio olimpiadasida bronza medalini qölga kiritdi. Bu uçun unga 75 ming dollar mukofot berildi. Sportçi bu pullarni kasallik bilan kuraşayotgan ukasining qimmat operatsiyasiga sarflaşini aytdi. «Mening asosiy vazifam ukamni oyoqqa qöyiş. U hozir ota-onam bilan Koreyada davolanişda bölib turibdi. Mukofotimni uning davolanişiga sarflayman», deydi Son.
Ma'lumot uçun, umumjamoa hisobida öz tarixidagi eng yomon natijani qayd etgan Qozoğiston Tokioda 8ta medal qölga kiritdi va ularning barçasi bronza böldi. Bu atletlar davlatdan 75 ming dollardan mukofot olişdi. Odatda Markaziy Osiyoda umumjamoa hisobida yetakçi böladigan qozoqlar ikki olimpiadadan buyon Özbekistondan ortda qolmoqda. Vaholanki, Qozoğiston sportçilarga oltin medal uçun taklif qilingan mukofot pullari böyiça dunyoda uçinçi örinda edi – 250 ming dollar.














