Tokio Olimpiadasida iştirok etgan özbekistonlik sportçilar va murabbiylarning barçasi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Kun.uz muxbiri xabar berişiça, olimpiyaçilar bilan uçraşuvda prezident Şavkat Mirziyoyev sportçilarning nufuzli musobaqadagi iştirokini yuqori baholab, ularning barçasi munosib taqdirlanişini ta'kidlagan.

«Albatta, jahonning eng yirik sport musobaqasi bölmiş Olimpiya öyinlarida iştirok etişning özi katta şaraf va mas'uliyat.

Buni barçamiz yaxşi tuşunamiz. Buning uçun qança oğir dovonlardan, maşaqqatli sinovlardan ötiş talab etiladi.

Biz Olimpiadaning ğolib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barça iştirokçilarni munosib taqdirlaşga qaror qildik.

Özbekistonda Olimpiada oltin medali sohiblari – 200 ming AQŞ dollaridan, bronza medali egalari – 50 ming AQŞ dollaridan mukofot puli bilan taqdirlanişi belgilab qöyilgan.

Sportçilarimizni murosasiz bellaşuvlarga tayyorlaşda erta-yu keç ular bilan birga bölgan jonkuyar murabbiylarning xizmatlarini alohida ta'kidlaşni istardim.

Bugun ğolib va sovrindor sportçilarimizni tayyorlaşda çinakam fidoyilik körsatgan Tölqin Qiliçev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov kabi tajribali murabbiylarning nomlarini çuqur hurmat bilan tilga olamiz.

Biz Olimpiya çempionlarining trenerlarini – 40 ming AQŞ dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQŞ dollaridan mukofotlaşni lozim deb topdik», dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev şuningdek, olimpiada öyinlariga yöllanma oliş va iştirok etiş ham sportçidan katta mehnat talab etişini inobatga olgan holda, ular ham taqdirlanişga munosib ekanini ta'kidladi.

«Olimpiadada iştirok etgan har bir sportçi köp yillik oğir tayyorgarlik jarayonidan ötişini köz oldimizga keltirsak, ular ham bugun ğoliblar qatorida taqdirlanişga munosib ekaniga amin bölamiz.

Şuni hisobga olgan holda, bu sportçilarimizning har birini 5 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantirişga qaror qildik», dedi davlat rahbari.