Prezident Şavkat Mirziyoyev olimpiyaçilar bilan uçraşuvda navbatdagi Olimpiada öyinlariga tayyorgarlik köriş doirasida körilişi lozim bölgan çora-tadbirlar töğrisida gapirdi.
«Parijda bölib ötadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100dan ziyod litsenziyani qölga kiritiş va medallar böyiça yetakçi 15ta mamlakat qatoridan joy oliş uçun hamma imkoniyatlarimiz bor.
Har bir hudud kesimida Olimpiada öyinlariga hozirlik köriş dasturlarini işlab çiqib, uni tizimli taşkil etiş kerak.
Sport ta'lim muassasalarida Paralimpiya bölimlarini taşkil etib, ularga 10 foiz qöşimça kvotalar ajratiş yaxşi natija berişi mumkin.
Sportçilarni öqitişda ota-onalar tomonidan pul tölaş tartibini bekor qiliş zarur. Şuningdek, bitiruvçilarni oliy ta'lim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yönalişlari böyiça davlat granti asosida töğridan töğri ikkinçi bosqiçga, imtihon sinovlarisiz qabul qiliş tizimini ham joriy etişimiz kerak», degan davlat rahbari.
Prezident xorijdan legioner sportçi olib keliş amaliyotini tanqid qildi.
«Şu örinda katta xarajatlar evaziga xorijdan sportçilarni (legioner) olib keliş tajribasi unçalik ham özini oqlamayotganini oçiq aytişimiz kerak.
Bunday amaliyotdan voz keçib, mahalliy sportçilarimizni tarbiyalaşga jiddiy e'tibor qaratadigan payt keldi.
Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportçilarni tayyorlaş metodikasini olib keliş kerak», dedi prezident.
Ma'lumot uçun, Tokio Olimpiadasida ham şunday legioner sportçilar Özbekiston şarafini himoya qilişdi. Bular erkin kuraşda rossiyalik Magomed Ibragimov va Jabrail Şapiyev, yunon-rum kuraşida rossiyalik Rustam Assakalov, velosportda rossiyalik Olga Zabelinskaya, beşkuraşda rossiyalik Alisa Faxrutdinova.
Özbekiston olimpiadalardagi iştirokida jami 37 medal (11 oltin, 6 kumuş va 20 bronza) qölga kiritgan, şundan faqat 5tasini legionerlar olib bergan (rossiyalik erkin kuraşçi Artur Taymazov 1ta oltin va 1ta kumuş, Gruziyadan legioner sifatida naturallaştirilgan yunon-rum kuraşçisi Aleksandr Dokturaşvili 1ta oltin, rossiyalik erkin kuraşçi Magomed Ibragimov 1ta kumuş, 1ta bronza).
Bundan taşqari, doping tufayli Taymazovning 2008 yilgi Pekin va 2012 yilgi London olimpialarida olgan oltin medallari, yana bir rossiyalik legioner Soslan Tigiyevning Pekin va London olimpiadalarida olgan kumuş va bronza medallari bekor qilingan.











