Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Afg‘oniston bilan chegaradagi harbiy texnikasi sonini ikki baravarga oshirdi
Uch mamlakat ishtirokidagi mashg‘ulotlarda 2,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 500 birlikka yaqin harbiy texnika qatnashadi.
Markaziy harbiy okrug Afg‘oniston bilan chegarada O‘zbekiston va Tojikiston bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ishtirok etadigan harbiylari sonini oshirdi, deb xabar berdi Interfaks okrug matbuot xizmatiga tayanib.
"Shaxsiy tarkib soni 1,8 ming nafarga yetkazildi, shuningdek, harbiy va maxsus texnikalar soni ikki baravarga oshirilib, 420 birlikka yetdi. Kuch va vositalar 201-harbiy bazaning artilleriya, tank, motoo‘qchi va razvedkachi bo‘linmalari hisobiga oshirildi", — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Aleksandr Lapin ana shunday qaror qabul qilgan. Uch mamlakat ishtirokidagi mashg‘ulotlarda 2,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 500 birlikka yaqin harbiy texnika qatnashadi.
Avvalroq Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligidagi harbiy mashg‘ulotlarga 1,5 mingdan ortiq askar, 300 birlikka yaqin harbiy texnika jalb etilishi aytilgandi.
Harbiy mashg‘ulotlar 5-10 avgust kunlari Tojikistonning Xatlon oblastida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:03 / 11.07.2026