Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonga kirishda emlanganlar ham PZR-test topshirishi majburiy etib belgilandi
Ta'kidlanishicha, bu ehtiyot choralari bilan bog‘liq va emlanganligi to‘g‘risida sertifikati bor odam boshqalarga kasallik yuqtirmasligini anglatmaydi.
Foto: TASS
Tojikistonga kirishda koronavirusga qarshi emlanganlardan ham PZR-test topshirish talab qilinmoqda, deb yozadi «Aziya-Plyus».
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, bu ehtiyot choralari bilan bog‘liq va emlanganligi to‘g‘risida sertifikati bor odam boshqalarga kasallik yuqtirmasligini anglatmaydi.
«Vaksinatsiya odam kasallikka chalinmaganiga to‘liq kafolat bermaydi. Ya'ni inson o‘zi sog‘lom, ammo virus tashuvchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Tojikistonga kirishda manfiy PZR-test natijasi bo‘lishi majburiydir», - dedi Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Navro‘z Jafarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistondan boshqa mamlakatlarga chiqishda o‘sha mamlakatlar talabiga rioya qilinadi.
Worldometers sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 15 mingdan ziyod bo‘lib, 121 nafar bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
22:03 / 19.03.2025