Jahon | 08:16 / 02.08.2021
21942
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi terrorchi guruh yong‘inlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi - OAV

Turkiyada terrorchi tashkilot deb topilgan “Olov bolalari” guruhi mamlakatda yuz bergan o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Yeni Şafak nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, guruh Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqaga ega.

Guruh bayonotiga ko‘ra, uning tarafdorlari “Turkiyadagi tuzum boshqa tilni tushunmagani sababli uni olov bilan tiz cho‘ktirish uchun” yong‘inlar uyushtirgan.

Turkiya hukumati tomonidan hozircha ushbu bayonot yuzasidan izoh berilmagan.

Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari 28 iyulda boshlandi va kurort shaharlargacha yetib bordi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yong‘inlar issiq havo va kuchli shamol sababli yuz bergan. Biroq Anqara yong‘inlar qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid