Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda «delta» shtammi tarqalishi sababli karantin kuchaytirilmoqda
Qayd etilishicha, 20dan ortiq shahar va o‘ndan ortiq provinsiyada kasallik tarqalishi avj olgan.
Xitoyda «delta» shtammini yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli qator shaharlarda karantin kuchaytirilmoqda. Bu haqda France24 xabar berdi.
Qayd etilishicha, 20dan ortiq shahar va o‘ndan ortiq provinsiyada kasallik tarqalishi avj olgan.
Xunan provinsiyasidagi Chjuchjou shahrida 1,2 milliondan ortiq aholiga uch kun davomida uylaridan chiqmaslik buyurildi.
Sinxua agentligining xabar berishicha, Chjanszyatsze provinsiyasidagi Yundin shahrida 1,5 mln kishi yashaydigan mikrorayonlar yopilgan.
Pekinda turistlarning poytaxtga kirishi taqiqlandi. Aholidan 1 avgustdan boshlab zaruratsiz Pekinni tark etmaslik so‘raldi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026