Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik pensioner uyida tank saqlagani uchun 250 ming yevro jarimaga tortildi
Germaniya sudi uyida katta miqdorda qurol-aslaha va o‘q-dori hamda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi “Pantera” tankini saqlagan 84 yoshli erkakka jazo hukmi chiqardi.
Foto: DPA
Mamlakat shimolida joylashgan Kil shahri sudi pensionerga 14 oylik shartli qamoq jazosi va 250 ming yevro jarima tayinladi.
Ushbu summadan 50 ming yevro davlat g‘aznasiga to‘lanadi, qolgani esa xayriyaga yo‘naltiriladi.
Sud, shuningdek, ismi oshkor qilinmayotgan sudlanuvchiga 2 yil davomida 45 tonnalik tank va zambarakni muzeyga berish yoki biror kolleksionerga sotish majburiyatini yuklagan.
Pensioner ustidan sud jarayoni shu yil may oyida boshlangan. Uning villasi ikki kun davomida tintuv qilingan. Uy yerto‘lasida saqlangan tankni tashqariga chiqarish uchun 20 ta askar 9 soat uringan. Erkakning ta'kidlashicha, u tankni Angliyada metallolomdan sotib olgan.
Mavzuga oid
09:26 / 07.05.2026
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026