Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio-2020. Jalolov final uchun jang qiladi, erkin kurashchilar kurashga qo‘shilmoqda
Olimpiadada 4 avgust kuni qaysi o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi?
4 avgust kuni Yozgi Olimpiadaning o‘n ikkinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Bahslarda yana 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi.
Soat 5:35da yengil atletikachi Yekaterina Voronina o‘z ishtirokini boshlaydi. U dastlab yettikurash doirasida 100 metrga to‘siqlar osha yugurishda qatnashadi.
Kun davomida u balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish bo‘yicha bahslarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘radi.
Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘zbekistonlik ikki sportchi Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 200 metr masofaga o‘tkaziladigan saralash bosqichida qatnashadi.
Shu kuni erkin kurash bo‘yicha jamoa vakillari ham bahslarga qo‘shiladi. Toshkent vaqti bilan soat 7:30da -86 kg vazn toifasi vakili Javrail Shapiyev ilk bahsni eronlik Haddan Yazdaniycharatiyga qarshi o‘tkazadi.
Soat 8:20da esa -57 kg vazn toifasida G‘ulomjon Abdullayev xitoylik Ming Hu Lyu bilan bellashuvini boshlaydi.
Erkin kurash jamoasining yana ikki vakili Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Magomed Ibragimov (-97 kg) keyingi kungi bahslarda ishtirok etishadi.
Shuningdek, O‘zbekiston boks jamoasining yagona umidi Bahodir Jalolov final uchun jang qiladi. Uning britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi hal qiluvchi jangi soat 11:05da boshlanadi.


3 avgust kungi bahslarda og‘ir atletikada qo‘lga kiritilgan oltin medaldan keyin O‘zbekiston 2 oltin va 1 bronza medal bilan umumiy reytingda 46-o‘rindan 27-o‘ringa ko‘tarildi.





Mavzuga oid
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
10:10 / 07.10.2025
Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
08:07 / 06.04.2025