Özbekistonlik ikki karra Olimpiada çempioni Bahodir Jalolov (15–0, 14 KO) 5 aprel kuni Ostonadagi professional boks oqşomi doirasida ukrainalik Igor Şevadzutskiyni (12–3, 10 KO) mağlubiyatga uçratdi.

Birinçi raundda Jalolov taşabbusga egalik qildi, ammo raund oxirida Şevadzutskiy ham yaxşi hujumlar uyuştirdi. Keyin esa özbekistonlik boksçi öng jyeb va çap töğri zarba kombinatsiyasi bilan yaxş işladi va ringda ustunlik qila boşladi. Uçinçi raundda «Katta özbek» laqabli boksçi ukrainalik raqibni aynan şu uslubda nokdaunga uçratdi.

Igor Şevadzutskiy tezda öziga keldi va birinçi raqam ostida harakatlanişda davom etdi. Jalolov oyoqda yaxşi işladi, tezlik, epçillik va çap qöldagi reaktiv zarbalari bilan javob qaytardi. 

Yettinçi raund oxirida 35 yoşli ukrainalik uçta zarbasini Jalolovga tekkizib, uni sarosimaga tuşirib qöydi va Olimpiada öyinlarining ikki karra çempioni osonlik bilan ğalaba qozonişini kutganlarga adaşganini körsatib qöydi.

Yakuniy, öninçi raundda muxlislar jang qilişdan köra köproq klinçda quçoqlaşib turgan boksçilarga huştak çala boşladi. Natijada muxlislar «Igor, Igor!» deb qiçqira boşladi va Şevadzutskiy faolroq böldi, deb yozadi Qozoğiston naşri.

Uçraşuv yakunida Bahodir Jalolov hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozondi (100–89, 97–92, 97–93).

Bahodir Jalolov ikki karra jahon (2019, 2023) va Olimpiya öyinlari (2020, 2024) çempioni hisoblanadi. Professional sifatida u 2015 yilning may oyida debyut qilgan. Şu vaqtga qadar Jalolov 15 ta ğalabaga erişgan va birorta ham mağlubiyatga uçramagan. Şevadzutskiy unga nokaut bilan yutqazmagan ilk raqib böldi.

Jalolov professional boksdagi oxirgi jangini 2023 yil noyabrida ötkazib, Kris Tompsonni mağlub etgandi.

Ostonadagi boks keçasida özbekistonlik yana bir boksçi Otabek Xolmatov 8 raundlik jangning oxirgi raundida filippinlik Jyeyson Kanoni nokautga uçratdi.

Bu bir yillik tanaffusdan söng yana ringga qaytgan yarimengil vazn toifasidagi sportçining faoliyatidagi 13-ğalabasi böldi.