Jahon | 23:09 / 04.08.2021
3687
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Kaduna shtatida noma'lum qurollangan jangarilar 4ta qishloqqa hujum qildi. Hujum oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi.

Daily Post Nigeria nashrining xabar berishicha, jangarilar 63ta uyga o‘t qo‘ygan va 68 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini yo‘q qilgan.

Shtat gubernatori Mallam Nosir Erufay halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilab qolgan. U shuningdek, yetkazilgan zararni baholashni buyurgan.

Nigeriyada aholining xavfsizligi bilan og‘ir vaziyat saqlanib qolmoqda. Avvalroq jangarilar Kadunadagi maktab-internatlarning biridan o‘g‘irlab ketgan 80 bolani qaytarish uchun 194 ming dollar pul talab qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid