Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston Ozarboyjon bilan chegarada rossiyalik harbiylar joylashtirilganini ma’lum qildi
Armaniston mudofaa vazirligi Armanistonning Ozarboyjon va Gruziya bilan chegaradosh Tavush oblastida rossiyalik chegarachilar joylashtirilgani haqida OAVda paydo bo‘lgan axborotni tasdiqladi.
“OAVda Tavush oblasti, xususan Voskepar qishlog‘ida rossiyalik harbiylar borligi haqida berilgan ma’lumot yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ushbu hududda haqiqatan ham rossiyalik chegarachilar joylashtirilgan. Hozirda u yerda chegarachilar uchun binolar qurilmoqda”, deb aytilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu jarayon Armaniston-Rossiya hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda.
29 iyulda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida Armaniston-Ozarboyjon chegarasidagi bir nechta nizodan keyin Moskva bilan chegarada rossiyalik chegarachilarni joylashtirishni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. U chegaradagi vaziyatni beqaror deb baholagan va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga chegara bo‘ylab monitoring missiyasini joylashtirishni taklif qilgan. Uning ta’kidlashicha, bu chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlarini jangovar to‘qnashuvlar xavf-xatarisiz amalga oshirishga imkon beradi.
Ikki davlat chegarasidagi vaziyat 12 maydan beri notinch bo‘lib qolmoqda. O‘shanda arman tomoni ozarboyjonlik harbiylar Armanistonning Syunik oblastidagi chegaraoldi tumanlaridan birida “muayyan ishlarni” amalga oshirishga uringanini ma’lum qilgan. Shundan beri ikki tomon chegarada nizolar chiqayotgani haqida ma’lum qilib, ularda bir-birini ayblab kelmoqda.
Mavzuga oid
14:14
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026