Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada baxsiz hodisaga uchragan va majburiy mehnatga jalb qilingan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
Joriy yilning aprel oyida andijonlik L.K. turmush o‘rtog‘i K.K. bilan birgalikda Rossiyaning Samara shahridagi issiqxonada ishlash maqsadida ketgan. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ish jarayonida ish beruvchi tomonidan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasportlari) olib qo‘yilib, 3 oydan ortiq muddatda majburiy mehnatga jalb qilingan.
Fuqarolar murojaatiga asosan tezkor tartibda mahalliy ichki ishlar idoralari jalb qilinib, ularning pasportlari olib berildi va vaqtincha yashash uchun xostelga joylashtirildi.
Bundan tashqari, fuqaro U.D. joriy yilning may oyida Novosibirsk shahriga ishlash maqsadida kelib, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash jarayonida baxsiz hodisaga uchrab, shifoxonaga joylashtirilgan. Shifokorlarning tibbiy muolajasi natijasida chap qo‘li panjalari amputatsiya qilingan va mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan.
Shuningdek, yana bir andijonlik Q.K. oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sabab Rossiyaga joriy yilning may oyida ishlash maqsadida ketgan. Dastlab, Moskva shahriga borib ish topolmagach, Samara shahriga borgan. Samarada ham ish topolmay Magadan shahriga ketgan. Fuqaro pandemiya davrida ish topolmagani, koronavirus kasalligini yuqtirib olgani sababli ruhiy tushkunlikka va murakkab moliyaviy ahvolga tushib qoladi.
Yuqoridagi fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 4 avgust kuni Qozon-Toshkent, Novosibirsk-Toshkent, Magadan-Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytarildi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026