O‘zbekiston | 13:42 / 06.08.2021
8096
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va nisbatan issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi, faqat eng chekka sharqiy hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishi ehtimoli hali ham saqlanib turadi, buning natijasida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg‘ir yog‘adi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kunduz kunlari 35-39 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu ushbu kun haroratining me'yoriy qiymatlaridan 3-4 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlari tekislik hududlari bo‘yicha quruq issiq saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar kuzatiladi. Havo harorati kechalari 20-25 daraja issiq, kunduz kunlari 35-40 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba'zi joylarda 42 daraja issiq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 6-8 avgust kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Mavzuga oid