Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada temir yo‘l ustida uxlab qolgan fuqaro sabab katta tirbandlik kuzatildi
Temir yo‘lda uxlab qolgan shaxs nafaqat poyezdning, balki temir yo‘l kesishmasidagi harakatning to‘xtashiga ham sabab bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 4 avgust kuni Farg‘ona vodiysining Qo‘qon – Buvayda peregoni 7-kilometri 5-piketida P–93-sonli Andijon - Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi harakati 20 daqiqaga to‘xtagan.
To‘xtash sababi - lokomotiv brigadasi temir yo‘l izlari ichida (koleya) yotgan odamni ko‘rganidan so‘ng favqulodda tormozlashni qo‘llagan. Poyezd qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalaridan birining hududida to‘xtagan. Natijada, soat 21:50 dan 22:10 gacha ushbu joyda avtotransport tirbandligi yuzaga kelgan.
Bildirilishicha, mazkur fuqaro mast holda bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Favqulodda tormozlanish temir yo‘lda yotgan odam ustidan poyezd o‘tishining oldini olmagandi, lekin uning tanasi po‘lat izlari orasida bo‘lgani bois unga hech nima qilmagan.
Ta'kidlanishicha, baxtli tasodif tufayli fuqaro nafaqat omon qolgan, balki voqea joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Yo‘lovchi poyezdi texnik ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, poyezd belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatini davom ettirgan.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
18:31 / 29.05.2026