Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada suv toshqinlaridan so‘ng mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Prokuraturaning ta'kidlashicha, mahalliy hokimiyat aholini yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofat haqida juda kech ogohlantirgan va evakuatsiyani o‘z vaqtida tashkillashtirmagan.
Germaniyaning Koblens shahri prokuraturasi rayon ma'muriyatiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Ma'muriyat xodimlari iyuldagi halokatli suv toshqinlarida jinoiy loqaydlikka yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinmoqda.
Prokuraturaning ta'kidlashicha, mahalliy hokimiyat aholini yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofat haqida juda kech ogohlantirgan va evakuatsiyani o‘z vaqtida tashkillashtirmagan. Aniqlik kiritilishicha, kuchli yomg‘irlardan so‘ng aholi maskanlariga Ar daryosining toshishi oldindan kutish mumkin bo‘lgan mavsumiy hodisa hisoblanadi. Ma'muriyatning loqaydligi mahalliy aholining o‘limiga olib kelgan.
Prokuratura shuningdek, ofat vaqtida inqiroz shtabi rahbari qanday harakat qilganiga ham baho beradi.
Prokuraturaning bildirishicha, ushbu gumonlar hozircha tasdiqlanmagan va mansabdorlarning xatosi loqaydlik bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Idora mahalliy aholidan ushbu ish bo‘yicha muhim ma'lumotlarni berishini so‘ragan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyadagi suv toshqinlari oqibatida 156 kishi halok bo‘lgan, 670 kishi tan jarohati olgan. Mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026