Myanmada harbiylar koronavirusni fuqarolarga qarshi qo‘llashda ayblandi
“Vaxpual” taxallusli myanmalik jurnalist Time nashri uchun yozgan maqolasida Myanmada fevralda hokimiyatni egallab olgan harbiylarni mamlakat fuqarolariga qarshi koronavirusni qo‘llashda aybladi.

Foto: Reuters
“Davlat to‘ntaruvi yetakchisi Min Aung Xlaing o‘zini bosh vazir deb e'lon qilgan 1 avgustdagi nutqida harbiylar hokimiyatiga qarshi chiqayotgan namoyishchilarni ataylab koronavirus tarqatishda aybladi. Biroq aynan generallar koronavirusni qurolga aylantirdi. Ular bu pandemiyani matonat bilan qarshilik ko‘rsatayotgan aholini nazorat qilish vositasiga aylantirdi”, deb yozgan jurnalist o‘z maqolasida.
“Vaxpual” harbiylarni tibbiy xodimlarga hujum qilishda va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilishda ayblagan. Jurnalist JSSTning ma'lumotlariga tayanib, mamlakatda 150dan ko‘proq shifokor va hamshiralar hibsga olingani, 240 tibbiy xodim esa hujumlar qurboniga aylanganini ta'kidlab o‘tgan.
Jurnalistning ta'kidlashicha, uning ona shtati Chinda harbiylar tibbiy xodimlar ishiga to‘sqinlik qilib, ularni pandemiyadan jabr ko‘rgan qishloqlardagi kasallar oldiga qo‘ymayapti.
Avvalroq BMTda Myanma koronavirusning supertarqatuvchisiga aylanishi mumkinligi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda
Jahon | 08:41
-
Tesla aksiyalari rekord darajada pasaydi - Bloomberg
Jahon | 08:17
-
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi
Jahon | 08:12
-
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi

16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona

00:16 / 29.03.2025