Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu: «Rossiyaning Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz holatida KXShT chegaralarini himoya qiladi»
Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazalari, agar Afg‘oniston yo‘nalishidan to‘g‘ridan to‘g‘ri holati yuz bersa, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) chegaralarini himoya qilishga jalb etiladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu ma'lum qildi.
«Tojikistondagi bazamiz ancha qudratli, kuchli. Agar kerak bo‘lsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz qilingan taqdirda, u KXShT chegaralarini himoya qilishga jalb etiladi. Qirg‘izistondagi bazamiz bo‘yicha ham xuddi shunday. U yerda ham bunday ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin», dedi harbiy mahkama boshlig‘i Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi ilmiy jamoasi bilan uchrashuvda Afg‘onistondan tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar haqidagi savolga javoban. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Shu bilan birga, Sergey Shoygu KXShTga a'zo davlatlar o‘z miqyosi va mudofaa salohiyati jihatidan Rossiya bilan teng bo‘la olmasligini hamda Afg‘oniston yo‘nalishida yordamga muhtojligini, sababi gap Rossiyaning harbiy xavfsizligi haqida ketayotganini ta'kidladi.
«Umid qilamizki, «Tolibon» bilan tuzilgan kelishuvlar amalga oshadi. Ammo, avvalgi tajribaga ega bo‘lgan holda, albatta, bunga birdaniga ishonish qiyin. Bularning barchasi mamlakatimizga kelmasligi uchun shunday qilish kerak. KXShT a'zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam berish lozim», dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Rossiyaning bu yo‘nalishdagi moliyaviy xarajatlari haqidagi savolga javob berar ekan, harbiy idora boshlig‘i shunday dedi: «Biz hal qilayotgan bunday masalalarda ishlatilayotgan pul haqida o‘ylashimiz kerak».
Sergey Shoygu, shuningdek, Moskva va Dushanbe Tojikiston armiyasini qayta qurollantirish bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirayotgani, lekin hozir respublika chegara qo‘shinlarining jangovar salohiyatini kuchaytirish zarurati borligini qo‘shimcha qildi.
«Dastur katta, deyarli 2040 yilgacha mo‘ljallangan. Ammo hozir nafaqat armiya, balki chegara bilan ham shug‘ullanish kerak», deya ta'kidladi Rossiya mudofaa vaziri.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026