Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Faqat ayol bo‘lganim uchun nomzod qilib ko‘rsatilmadim” - Maqsuda Vorisova bo‘lajak saylovdagi ishtiroki haqida
“Xalq orasidan chiqqan oddiy bir ona, oddiy bir ayol bo‘lganim, xalqimizni qiynab turgan muammolarni ich-ichidan bilganim sababli ham meni tanlashdi, deb o‘ylayman”, – dedi XDP nomzodi.
XDP plenumida partiya markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mita raisining o‘rinbosari Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovida partiya nomidan ishtirok etishi ma'lum qilindi. Tadbir yakunida Maqsuda Vorisova bilan kichik intervyu tashkil etildi.
— Prezidentlik saylovida nimani orzu qilyapsiz?
— Bir men emas, ko‘p ming sonli Xalq demokratik partiyasi saylovda g‘alaba qozonishni va o‘zining dasturiy vazifalarini amalga oshirishni o‘z oldiga nafaqat orzu, balki maqsad qilib qo‘ygan.
— O‘zbekiston boshqaruvining ayol kishiga topshirilishiga, xalq sizga ishonishiga ko‘zingiz yetyaptimi?
— Bu shaxsga nisbatan bo‘lgan ishonch emas, bu partiyaning g‘oyalari, maqsadlari va dasturimizga bo‘lgan ishonch. Xalq bizdan bugun uni qiynab turgan muammolarini tizimli hal qilishimizni kutyapti. Biz ishsizlik, uy-joy muammosi, kommunal xizmatlar va asosiy oziq-ovqat turlari narxlarining nazoratsiz oshib ketishi kabi muammolarning oldini olmoqchimiz.
Agar mana shu maqsadlarimizni xalqimizga to‘g‘ri yetkazib bera olsak, xalqimiz albatta bizni qo‘llab-quvvatlaydi.
— Ko‘pchilik Ulug‘bek Inoyatov nomzodi ko‘rsatilishini kutgandi. Prezidentlikka sizning nomzodingiz ko‘rsatilishida gender tengligi omili hisobga olindi, deb o‘ylaysizmi?
— Xalq demokratik partiyasida gender tengligiga doimo e'tibor berilgan. Men faqat ayol bo‘lganim uchun nomzod qilib ko‘rsatilmadim. Mening fikrimcha, xalq orasidan chiqqan oddiy bir ona, oddiy bir ayol bo‘lganim, xalqimizni qiynab turgan muammolarni ich-ichidan bilganim sababli ham meni tanlashdi, deb o‘ylayman.
Mavzuga oid
19:51 / 20.11.2025
XDP poytaxtda «pulli parkovka» narxlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi
12:00 / 25.10.2024