Özbekiston Xalq demokratik partiyasi taksiçilarga nisbatan propiska talabi qöyilganiga qarşi çiqib, transport vaziri Ilhom Mahkamovga sörov yubordi.
Partiya bayonotiga köra, vazir Mahkamov muammoni bartaraf etiş maqsadida parlamentdagi hukumat soatiga taklif qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2 aprelda qabul qilingan va oradan ikki oy ötib jamoatçilik e’tiboriga tuşgan qarorga köra, taksi faoliyati uçun litsenziya beriş tartibi özgargan: endilikda avtomobilning davlat raqamida qaysi hudud kodi körsatilgan bölsa, bu avtomobilda faqatgina şu hudud va unga tutaş hududdagina taksiçilik qiliş mumkin. Eski tartib asosida litsenziya olişga ulgurgan haydovçilar litsenziya muddati (1 yil) tugagunga qadar faoliyatini erkin davom ettirişi mumkin.
Xalq demokratik partiyasining qayd etişiça, bu tartib – Konstitutsiyasining 67-moddasiga zid. Bu modda bilan, Özbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi kafolatlangan.
“Yönalişsiz taksi faoliyati bilan boğliq joriy qilingan çeklov turli noqonuniy faoliyatlarni boşlanişiga, ularni erkin mehnat faoliyatini olib borişga tösqinlik qilişga, eng asosiysi, fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquqlari çeklanişiga olib keladi.
Şuningdek, Boş qomusimizning 42-moddasiga köra, har kim munosib mehnat qiliş, kasb va faoliyat turini erkin tanlaş, işsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalaniş huquqiga egaligi nazarda tutilgan.
Yönalişsiz taksi faoliyati bilan şuğullanayotgan fuqarolarimiz özini özi band qilgan şaxs sifatida işsizlikdan himoyalaniş huquqidan foydalangan hisoblanadi. Va bunday şaxslar qonunlarda belgilangan tartibda tegişli litsenziya olib, tegişli soliqlarni tölagan holda töliq qonuniy faoliyat yuritmoqda.
Yuqoridagilardan körinib turibdiki, yönalişsiz taksilar böyiça çeklov joriy qilişga heç qanday huquqiy asoslar yöq. Aksinça, konstitutsiyaviy me’yorlarga zid kelayotgan jihatlari yaqqol körinib turibdi”, – deyiladi XDP bayonotida.
Avvalroq jamoatçilik faoli Otabek Bakirov deputatlarni hukumat qarori ustidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilişga çaqirgan edi












