Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minskdagi do‘konlar peshtaxtalaridan Ukraina, Litva va Polsha mahsulotlarini olib tashlash talab qilindi
Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi Vladimir Kuxarevning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat miqyosida ana shunday qaror qabul qilish vaqti keldi.
Hukumat Minskdagi do‘konlarni «eng yaxshi peshtaxtalarga» Belarusga qarshi sanksiyalar kiritgan mamlakatlar mahsulotlarini joylashtirishda ayblamoqda, deb yozadi «Belarus segodnya».
«Bugun qator mamlakatlar — Ukraina, Litva, Polsha bizga qarshi sanksiyalar kiritgan — ularning mahsulotlari esa do‘konlarning eng yaxshi peshtaxtalarida turibdi! O‘zimizning mahsulotlarni esa qidirish kerak. Shuning uchun do‘konlar oldiga keskin talab qo‘ydik: yoki vaziyat o‘zgarishi kerak yoki biz chora ko‘ramiz», — deya Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi Vladimir Kuxarevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.
Uning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat miqyosida ana shunday qaror qabul qilish vaqti keldi.
Belarusga qarshi Yevroittifoq, AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada sanksiyalar kiritgan, shuningdek, Litva, Polsha va Ukraina alohida choralar haqida e'lon qilgan.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026