Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asqar Akayev Qirg‘izistonda so‘roq qilingandan keyin Moskvaga qaytib ketdi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida “Qumtor ishi” bo‘yicha so‘roq qilingandan keyin respublikani tark etdi. Bu haqda Akayevning safdoshlaridan biri Bekbo‘lat Talgarbekov ma'lum qildi.
“U o‘g‘li Ilim bilan Moskvaga 16:30da qaytib ketdi. Akayev Qirg‘izistonda bo‘lganda tergovning barcha savollariga to‘la-to‘kis javob berdi. Sobiq prezident uchun yo‘llar ochiq, u Qirg‘izistonga ikki holatda qaytishi mumkin: o‘z xohishi yoki “Qumtor ishi” doirasida tergov talabi bilan”, deb aytgan Talgarbekov. Akayev Qirg‘izistonga tashrifi davomida ona qishlog‘i va Talas oblastiga tashrif buyurgan.
Qirg‘izistondagi 2005 yilgi inqilobdan keyin Rossiyada yashab kelayotgan Asqar Akayev 2 avgustda Qirg‘izistonga kelgandi. U dastlab Bishkekda so‘roq qilingan, keyin esa prezident Sadir Japarov qabulida bo‘lgan. Hukumat Akayev “Qumtor” oltin koni bo‘yicha Kanadaning Centerra Gold Inc. kompaniyasi bilan mojaroda yordam berishiga umid qilgan.
5 avgustda Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Temir Sariyev Qumtordagi korrupsiya ishi bo‘yicha ikki oyga hibsga olingani ma'lum bo‘lgandi. Sariyev 3 avgustda hibsga olingan.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026