Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo oqimi kirib keladi
Bugun va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, havo harorati kechalari 18-23 daraja issiq, kunduz kunlari 33-38 daraja issiq bo‘ladi, bu ushbu davr me'yoridan biroz yuqoridir.
Payshanba va juma kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam.
Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari 30-35 daraja issiqqacha pasayadi va iqlimiy me'yorga yaqinlashadi.
Mavzuga oid
12:46 / 13.07.2026
Anomal issiq hafta
11:32 / 13.07.2026
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
20:54 / 12.07.2026
Toshkentda kuyindi hidining paydo bo‘lishiga ob-havo sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘lgani aytildi
13:57 / 12.07.2026