Jahon | 20:30 / 10.08.2021
8992
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada 2500 yillik zaytun daraxti yonib ketdi

Gretsiyaning Evbeya orolida 2500 yillik zaytun daraxti yonib kul bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, u shu vaqtgacha hosil berib kelgan.

Foto: twitter.com/appanagiotou

Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari Evbeya oroligacha yetib borib, u yerdagi haqiqiy tabiat “durdonasi” – 2500 yillik zaytun daraxtini yo‘q qildi.

Daraxt Roviya shahridagi zaytunzorda o‘sgan. U hozirgi kungacha hosil berib kelgan va shunchalik katta bo‘lganki, uning atrofida o‘nlab odamlar o‘tirishi mumkin bo‘lgan.

Foto: twitter.com/appanagiotou

Qadimdan ushbu daraxt Nimfa deb atalib kelgan. Uni hattoki miloddan avvalgi I asrda yashab ijod qilgan qadimgi grek geografi va faylasufi Strabon o‘z ishlarida eslab o‘tgan.

Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlari 28 iyulda boshlangandi. Ayni vaqtga kelib 60 ming gektardan ko‘proq maydon, yuzlab uylar yonib kul bo‘lgan. Minglab odamlar evakuatsiya qilingan. Ular paromlarda, qayerda mumkin bo‘lsa o‘sha yerda jon saqlashmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid