O‘zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda texnologik transferni amalga oshiradi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovga ko‘ra, natijada o‘zbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun avvalgidan 4 barobar kamroq mablag‘ sarflaydi.
"Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. O‘zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo‘lsa, qon topshiradi, qon maxsus laboratoriyaga jo‘natiladi va qo‘shni mamlakatlarga jo‘natiladi. Uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi", dedi u.
Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablag‘ ham sarflanishi tabiiy. Boboxonovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi o‘zbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.
"Bu kabi amaliyot O‘zbekistonda bo‘lmagani uchun aholi 2 million so‘m atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar amaliyot O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilsa, 500 ming so‘m, ya'ni 4 barobar arzonga tushadi", dedi Jamoliddin Boboxonov.
Mavzuga oid
14:58 / 18.01.2025
Kuniga atigi bir stakan sut ichish saraton xavfini pasaytiradi
15:39 / 17.01.2025
Xitoylik olimlar dunyodagi eng tez yuguradigan robot itni yaratdi
11:37 / 14.01.2025
Sahroda sabzavot yetishtirish uchun dunyodagi birinchi shishiriladigan ferma taqdim etildi
18:28 / 13.01.2025