Rossiya benzin eksportini taqiqlamaslikka qaror qildi
Rossiyadan benzin eksportini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror neftchilarning mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan uchrashuvida qabul qilinmagan. Bu haqda RBKga Rossiya yonilg‘i uyushmasi prezidenti Yevgeniy Arkusha xabar berdi. Rasmiylar benzin eksportini taqiqlash haqidagi qarorni ma'qullamagani haqida TASS manbasi ham xabar qilgan.
«Benzin eksportiga taqiq joriy etish tasdiqlanmadi. Neftchilarga birjaga benzin yetkazib berish hajmini kuniga kamida 5 ming tonnaga yetkazish tavsiya qilindi», dedi Arkusha. Uning qo‘shimcha qilishicha, neftchilar bu qadamga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Arkushaning aytishicha, Novak va neftchilar uchrashuvida suyultirilgan gaz bozori muammolari ham muhokama qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Gazprom» kondensat tayyorlash zavodidagi avariya tufayli suyultirilgan gaz bozorida sotuv bilan bog‘liq qiyin vaziyat saqlanib qolmoqda. Uzoq Sharqda yonilg‘i narxining nomutanosibligi va bu hududga boshqa neftni qayta ishlash zavodlaridan yonilg‘i yetkazib berish uchun subsidiyalar joriy etish imkoniyati alohida yig‘ilishda muhokama qilingan.
RBK manbasining aniqlik kiritishicha, avvalroq mamlakat Energetika vazirligi bunday subsidiyani bir tonna uchun 4 ming rubl miqdorida kiritishni taklif qilgan, lekin Moliya vazirligi tashabbusni rad etdi, sababi mablag‘ ajratish manbasi aniqlanmagan.
Iyul oyi oxirida Rossiyaning Yevropa qismida «Premium-95» (AI-95) benzinining birja narxi bir tonna uchun 60 ming rubllik chegadan o‘tib, tarixiy maksimal darajaga yetdi. Shundan so‘ng, Energetika vazirligi hukumatga benzin eksportini taqiqlashni taklif qildi.
Birja bahosi yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi benzin narxiga bevosita ta'sir qilmaydi: ularning o‘sishi inflatsiya bilan chegaralanadi. Biroq, Rossiyada dempfer mexanizmi mavjud, unga ko‘ra yirik yonilg‘i ishlab chiqaruvchilar chakana bozorda narxlarni ushlab turish uchun budjetdan oshirilgan to‘lovlarni oladi. 1 oktyabrgacha benzin eksportini taqiqlashni joriy etish tashabbuskorlaridan biri ana shunday mustaqil tarmoqlarni birlashtirgan Rossiya yonilg‘i ittifoqi bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
19:50 / 06.10.2024
Odamlar sog‘ligi hammasidan muhim: dunyo AI-80 benzinidan nega voz kechgan?
20:51 / 04.10.2024