Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona «E-Bozor» elektron platformasini joriy qilish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni hamda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Bozorlar yoki savdo komplekslarini boshqaruvchi tashkilotining ta'sischilari har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lishi mumkinligi belgilanishi nazarda tutilmoqda.
2022 yilning 1 yanvariga qadar 100ta va undan ko‘p turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lgan barcha bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan yig‘imning to‘liqligini har kuni tekshirgan holda faqat bank tizimi orqali real vaqt rejimida bir martalik yig‘im va ijara to‘lovlari undirilishining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishini majburiy tartibda joriy etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun yagona «E-Bozor» elektron platformasi joriy qilinadi.
Nizomga muvofiq, bozor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlagan Rejaga asosan, o‘z hududida arxitektura, shaharsozlik va qurilish me'yorlari va qoidalariga muvofiq, shuningdek bozorlarning u yoki bu turiga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda tashkil etiladi.
Yangi tashkil etilayotgan bozorlar yoki savdo komplekslari uchun yer maydonlari «E-Ijro Auksion» savdo maydonchasi orqali belgilangan tartibda ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

09:33 / 28.03.2025