Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Messi transferini e'lon qildi
Lionel Messi «Pari Sen-Jyermen» a'zosiga aylandi. Tomonlar keyinroq uzaytirish sharti bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Messining yangi klubidagi maoshi oshkor qilinmagan, lekin OAV ma'lumotiga ko‘ra, u yiliga 35 million yevro olishi mumkin.
Foto: Paris Saint-Germain
Hujumchi Lionel Messi erkin agent sifatida «PSJ»ga o‘tdi. Bu haqda fransuz klubi rasmiy sayti e'lon qildi.
Argentinalik 34 yoshli futbolchi bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Shuningdek, bitimda uni yana bir yilga uzaytirish borasidagi band ham bor.
Hujumchi Parij klubida 30-raqamda o‘ynaydi. U «Barselona»dagi faoliyatining boshida ham aynan shu raqamda harakat qilgan.
OAVning yozishicha, Messining yillik maoshi 35 mln yevroni tashkil etadi.
«PSJ»da faoliyatimdagi yangi davrni boshlayotganimdan xursandman. Klubdagi barcha narsa mening istaklarimga mos keladi. Bu yerda iqtidorli jamoa va murabbiylar shtabi borligini bilaman.
Klub va muxlislar o‘zgacha hissiyotlarga ega bo‘lishlariga yordamlashmoqchiman. «Park de Prens» maydoniga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman», — deydi hujumchi shartnoma imzolagach.
Mavzuga oid
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025