Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung buklanadigan ekranli yangi smartfonlarini taqdim etdi
Har ikki smartfon 5G tarmog‘ida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining bildirishicha, smartfonlar 2 metr balandlikdan tushib ketsa ham ekrani sinmaydi.
Samsung kompaniyasi buklanadigan ekranli Galaxy Z Fold3 va Galaxy Z Flip3 smartfonlarini taqdim etdi.
Birinchi model 7,6 dyuymli ichki va 6,2 dyuymli tashqi ekranga ega. Smartfon har biri 12 Mp bo‘lgan uchta orqa kamera hamda asosiy ekran ostida joylashgan 4 Mp va 10 Mp bo‘lgan old kamera bilan jihozlangan. Modelga 4400 mA·s akkumulyator va Snapdragon 888 protsessori o‘rnatilgan.
Galaxy Z Flip3 6,7 dyuymli ichki va 1,9 dyuymli tashqi ekran bilan jihozlangan. Model 12 Mp bo‘lgan ikkita orqa va 10 Mp bo‘lgan old kameraga ega. Gadjet akkumulyatori 3300 mA·sni tashkil etadi va Snapdragon 888 o‘rnatilgan.
Har ikki smartfon 5G tarmog‘ida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining bildirishicha, smartfonlar 2 metr balandlikdan tushib ketsa ham ekrani sinmaydi.
Bundan tashqari, ular 1 metr chuqurlikdagi suvga tushib ketganda ham buzilib qolmaydi.
Ma'lumot berilishicha, 256 Gb xotiraga ega Galaxy Z Fold3 2169 dollar, 128 Gb xotiraga ega Galaxy Z Flip3 1220 dollar narxda sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026