Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston armiyasi toliblarning Hirot va Badg‘is viloyatlari markaziga hujumini qaytardi
Badg‘is viloyati gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, Qal'ai Nav uchun janglarda 60 dan ortiq tolib yo‘q qilingan, 50 dan ziyod jangari yarador bo‘lgan.
Afg‘oniston qurolli kuchlari va qarshilik otryadlari "Tolibon" harakati jangarilarining Hirot va Badg‘is viloyatlari markazlari – Hirot va Qal'ai Nav shaharlariga amalga oshirgan hujumini qaytardi. Bu haqda Hirot va Badg‘is viloyati gubernatorlari Abdulla Sobir G‘ani va Hisomiddin Shamslarga tayanib "Tolo nyus" telekanali xabar berdi.
"Bugun tunda toliblar to‘rt tarafdan Hirot shahriga hujum qildi, hujum armiya bo‘linmalari va qarshilik otryadlari tomonidan qaytarildi. Tun bo‘yi oltita hujum qaytarildi, 30 jangari o‘ldirildi, o‘nlab jangarilar yaralandi", deya G‘anining so‘zlaridan iqtibos keltirdi telekanal.
Badg‘is viloyati gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, Qal'ai Nav uchun janglarda 60 dan ortiq jangari yo‘q qilingan, 50 dan ziyod jangari yarador bo‘lgan.
Hozirda xavfsizlik kuchlari shaharni nazorat qilmoqda. G‘azni viloyati markazi G‘azni shahrida qaqshatqich janglar davom etmoqda. OAVning ma'lumot berishicha, toliblar gubernator ofisi va politsiya mahkamasini egallagan.
Afg‘oniston mudofaa vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutkada 439 nafar tolib yo‘q qilingan va 77 nafari yarador bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026