Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash olib borilmoqda
Italiyalik o‘t o‘chiruvchilar 12 avgustga o‘tar kechasi 500dan ko‘proq o‘rmon yong‘iniga qarshi kurash olib borganini ma'lum qilishdi. Yong‘inlar 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Italiya o‘t o‘chirish xizmatining xabar berishicha, oxirgi 12 soat ichida 528ta o‘rmon yong‘ini yuz bergan, ulardan 230tasi Sitsiliya orolida qayd etilgan. Shuningdek, Kalabriya oblastida 100ga yaqin yong‘in o‘chog‘i haqida ma'lum qilingan.
Oxirgi kunlarda Italiyada “Lyutsifer” deb nomlangan antitsiklon davom etmoqda. 11 avgustda Sitsiliyada havo harorati 48,8 darajaga yetdi. Bu esa Yevropa uchun yangi antirekord hisoblanadi.
Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, Italiyada yomon ob-havo yana bir necha kun davom etishi mumkin. Bu esa yanada ko‘proq yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ayni vaqtda Italiyadan tashqari, Gretsiya, Chernogoriya, Jazoir va Shimoliy Makedoniyada ham o‘rmon yong‘inlari bilan og‘ir vaziyat kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
10:00 / 06.07.2026
Kuchli issiq Yevropada o‘rmon yong‘inlarini kuchaytirdi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026