Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada barcha o‘rmon yong‘inlari o‘chirildi
Turkiyada ayni vaqtda barcha o‘rmon yong‘inlari o‘chirildi. Bu haqda mamlakatning qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bakir Pakdemirli ma'lum qildi.
“Mamlakatdagi barcha yong‘inlar o‘chirildi”, deb yozgan Pakdemirli Twitter’da.
Uning ta'kidlashicha, yong‘inlar boshlanganidan beri mamlakatning 54ta viloyatida 299ta yong‘in o‘chog‘i bartaraf etilgan.
Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Xo‘janing ma'lum qilishicha, Turkiyadagi yong‘inlar vaqtida 8 kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar soni 860 nafardan oshgan.
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari 29 iyulda boshlangan. Ular kurortlar joylashgan sohilbo‘yi hududlarini qamrab olgan. Yong‘inlar tufayli bir nechta mehmonxonadan odamlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026