Jahon | 16:06 / 12.08.2021
8748
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada suv toshqinlari oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

Mamlakat shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar tinimsiz yog‘ingarchiliklar oqibatida yuz berdi. Tabiiy ofatdan Bartin, Kastamonu, Sinop va Samsun viloyatlari jabr ko‘rdi. 

Turkiyada yuz bergan suv toshqinlari natijasida besh kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda "Hurriyat" gazetasi xabar bermoqda.

"Meteorologik nuqtayi nazardan, biz 50 yoki hatto 100 yildan buyon ko‘rmagan ofatga duch keldik", — dedi o‘rmon va qishloq xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli.

Mamlakat shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar tinimsiz yog‘ingarchiliklar oqibatida yuz berdi. Tabiiy ofatdan Bartin, Kastamonu, Sinop va Samsun viloyatlari jabr ko‘rdi. 

Mintaqada aholini evakuatsiya qilish ishlariga harbiy vertolyotlar jalb etilgan. 

Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda ko‘plab uylar va korxonalar suv ostida qolgan, ko‘prik va yo‘llarga shikast yetgan. 

Mavzuga oid