19:12 / 13.08.2021
18389

«Barsa» Messisiz, «Real» Ramossiz. Ispaniya chempionati boshlanmoqda

Juma kuni Ispaniya chempionatining yangi mavsumi start oladi.

Lionel Messi va Serxio Ramos. Foto Global Look Press

Primero — UYeFA reytingida faqat Angliya premer ligasidan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi eng kuchli ligalardan biridir. 2003/04 yilgi mavsumda «Valensiya» g‘olib chiqqanidan keyingi davrda Ispaniya chempionatida faqat «Barselona», «Real» va «Atletiko» jamoalari g‘olib bo‘lishgan. Yangi mavsumni liga o‘zgarishlar bilan boshlaydi: «Real» bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan o‘rniga Karlo Anchelotti kelgan («Everton»ning sobiq bosh murabbiyi), «Valensiya»ga esa «Xetafe»dan Xose Bordalas kelgan. Bundan tashqari, primerani liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar — Lionel Messi tark etgan. Quyida la liganing 2021-2022 mavsumi bo‘yicha qo‘llanma.

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati qachon boshlanadi?
2021/22 yilgi mavsum 2021 yil 13 avgust kuni boshlanib, 2022 yil 22 mayda yakunlanadi. Dekabrda rojdestvo va yangi yil munosabati bilan ta'til beriladi. Bu mavsumdagi so‘nggi o‘yin 19 dekabrga to‘g‘ri keladi.

Bir yarim yil ichida nihoyat stadionlarga ko‘proq odam kirishiga ruxsat beriladi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq ijtimoiy masofa saqlash qoidalari arenalarni butunlay to‘ldirishga imkon bermaydi. Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri Karolina Darias avgustda Primero o‘yinlari vaqtida stadionlar maksimum 40 foizga to‘ldirilishi mumkinligini bildirgan.

Reglament va chempionat formati
Liganing 20 jamoasi o‘zaro bitta uyda va bitta safarda o‘yin o‘tkazadi — har bir jamoa mavsum davomida jami 38 o‘yinda maydonga tushadi. Chempion 38 tur yakunida jamg‘arilgan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. Agar ikki yoki undan ortiq jamoa bir xil sonda ochko jamg‘arsa, o‘rinlar quyidagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda taqsimlanadi:
— o‘zaro o‘yinlardagi ochkolar soni;
— o‘zaro o‘yinlarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollardagi farq;
— o‘zaro o‘yinlarda urilgan gollar soni;
— barcha o‘yinlardagi gollar bo‘yicha farq;
— barcha o‘yinlardagi urilgan gollar soni;
— feyr-pley reytingi;

Shuningdek, o‘rtaga ligada qolish, yevrokuboklarga yo‘llanma olish va chempionlik masalasi tikilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘yin o‘tkazilishi mumkin.

Mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi to‘rt klub Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l oladi. Beshinchi o‘rinni egallagan jamoa, shuningdek, Ispaniya Kubogi g‘olibi UYeFA Yevropa Ligasi guruh bosqichiga o‘tadi. Oltinchi o‘rinni egallagan jamoa UYeFA Konferensiyalar ligasi pley-offiga chiqadi. Agar Ispaniya Kubogi finalida 1-6-o‘rinlardan birini egallagan jamoa g‘olib bo‘lsa, yevrokubok yo‘llanmasi chempionatning yettinchi jamoasiga nasib etadi.

Eng kam ochko jamg‘argan jamoalarning uchtasi quyi divizionga — segundaga tushib ketadi. Keyingi mavsumda bu jamoalarning o‘rnini quyi liganing birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalari, shuningdek, segundada 3-6-o‘rinlar vakillari o‘rtasidagi mini-turnirda uchinchi yo‘llanmani yutib olgan jamoa egallaydi.

Marselo Ispaniya chempionatiga eng sodiq futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Foto Instagram

Ispaniya chempionati (2021/22 yilgi mavsum)
Jamoalar
La liganing yangi mavsumida ham 20 jamoa ishtirok etadi, shundan 17 klub - o‘tgan mavsumda ham ishtirok etganlar, ularning safiga o‘tgan mavsumda Segundadan yuqori ligaga yo‘llanma olgan «Espanol», «Malorka» va «Rayo Valekano» qo‘shiladi.

«Malorka» va «Espanol» bir mavsumlik tanaffusdan keyin yana elitaga qaytdi. «Rayo Valekano» esa quyi divizionda ikki mavsum o‘tkazdi. Quyida o‘tgan mavsumda ham yuqori divizionda ishtirok etgan 17 jamoa keltiriladi:

  • «Barselona»;
  • «Real»;
  • «Atletiko»;
  • «Valensiya»;
  • «Vilyarreal»;
  • «Sevilya»;
  • «Betis»;
  • «Real Sosedad»;
  • «Osasuna»;
  • «Xetafe»;
  • «Selta»;
  • «Atletik»;
  • «Alaves»;
  • «Kadis»;
  • «Elche»;
  • «Granada»;
  • «Levante».

La ligani o‘tgan mavsumda uch jamoa tark etdi. «Eybar» — 16 may kuni «Valensiya»ga mag‘lub  bo‘lgach (1:4). Mavsumning ikkinchi omadsizi «Valyadolid» bo‘ldi — so‘nggi turda, 22 may kuni «Atletiko»ning chempionlik o‘yinida mag‘lub bo‘lgach (1:2). 18-o‘rinni esa «Ueska» egalladi — bu jamoa so‘nggi turda «Valensiya» bilan durang o‘ynadi (0:0).

Transferlar

Lionel Messi endi Ispaniya chempionatida o‘ynamaydi. Foto Instagram

5 avgust kuni «Barselona» Lionel Messi ketishini e'lon qildi. Bungacha professional faoliyatini to‘liq kataloniyaliklar safida o‘tkazgan argentinalik futbolchi 10 avgust kuni «PSJ» futbolchisiga aylandi.

Fransuzlar klubiga «Real»ning so‘nggi o‘n yillikdagi yetakchilaridan biri — himoyachi Serxio Ramos ham yo‘l olgan. Uning Madrid klubidagi o‘rnini boshqa bir erkin agent — «Bavariya»dan kelgan avstriyalik futbolchi David Alaba egallashi kerak. «Real» yana bir asosiy markaziy himoyachisi, fransuz Rafael Varanni «MYu»ga sotdi — 50 million yevro va bonuslar.

«Barselona» esa argentinalik forvard Serxio Agueroni erkin agent sifatida qo‘shib olgandi. Bu futbolchi klubga Messi bilan birga o‘ynash uchun kelgandi, u mashg‘ulotlar chog‘ida jarohat oldi va bir necha oyga safdan chiqdi, endilikda u «Barsa»ni tark etishi haqida xabarlar chiqmoqda.

O‘tgan mavsum chempioni «Atletiko»ning asosiy transferi — yarimhimoyachi Rodrigo de Paulning «Udineze»dan 35 million yevroga sotib olinishi bo‘ldi. Ushbu havbek Argentinaning g‘alabasi bilan tugagan Amerika Kubogi qahramonlaridan biri bo‘ldi.

La liga: o‘yinlar taqvimi
Ispaniya chempionatining birinchi tur o‘yinlari 13-15 avgust kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Birinchi tur o‘yinlari taqvimi:
13 avgust 00.00 (Toshkent)
«Valensiya» — «Xetafe»

14 avgust
20.00 (Tosh) «Osasuna» — «Espanol»
22.30 (Tosh) «Malorka» — «Betis»
22.30 (Tosh) «Kadis» — «Levante»
00.30 (Tosh) «Alaves» — «Real» (Madrid)

15 avgust
20.30 (Tosh) «Selta» — «Atletiko»
23.00 (Tosh) «Barselona» — «Real Sosedad»
01.15 (Tosh) «Sevilya» — «Rayo Valekano»

16 avgust
23.00 (Tosh) «Vilyarreal» — «Granada»
01.00 (Tosh) «Elche» — «Atletik»

«Real» va «Barselona» o‘rtasidagi birinchi klasiko 24 oktabr kuni «Kamp Nou» stadionida, 10-tur doirasida bo‘lib o‘tadi, ikkinchi o‘yin esa 20 mart kuni «Santyago Bernabeu»da, 29-tur doirasida o‘tkaziladi. Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) 2021/22 yillar mavsumining boshqa derbilarini quyidagi sanalarga belgilagan:
17-tur | «Real» (Madrid) — «Atletiko»
35-tur | «Atletiko» — «Real» (Madrid)
12-tur | «Real Sosedad» — «Atletik»
25-tur | «Atletik» — «Real Sosedad»
13-tur | «Betis» — «Sevilya»
26-tur | «Sevilya» — «Betis»
14-tur | «Barselona» — «Espanol»
24-tur | «Espanol» — «Barselona»

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumi qanday o‘tgandi?
La liganing amaldagi g‘olibi — Madridning «Atletiko»si, mayda bu jamoa tarixida 11-bor Ispaniya chempioniga aylangandi. Argentinalik mutaxassis Diyego Simeone boshqaruvidagi jamoa yakuniy turda «Valyadolid»ni mag‘lub etgan (2:1) va 86 ochko jamg‘arib, sovringa ega chiqqandi. G‘alaba golini Luis Suares urgandi.

Chempionat g‘olibligida ko‘p ishni mavsum boshida «Barselona»dan sotib olingan urugvaylik forvard amalga oshirgan, u mavsumda 21 gol urishga erishgandi.

La liga rekordlari
«Atletiko»ning o‘tgan mavsumdagi chempionligi jamoa tarixidagi 11-chempionlik edi. «Real» Ispaniyaning eng sovrindor jamoasi bo‘lib qolmoqda — 34 g‘alaba. «Barselona»da — 26 chempionlik.

Lionel Messi Ispaniyani turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida tark etdi, u katta farq yuzaga keltirgan. Argentinalik futbolchi 474 gol bilan birinchi, ikkinchi o‘rinda undan keyinroq Ispaniyada o‘ynay boshlagan va ertaroq ketgan Krishtianu Ronaldu — 311 gol. Messi ligada 520 o‘yin o‘tkazgan, portugaliyalikda — faqat 292 o‘yin. Uchinchi o‘rinda esa uzoq o‘tmish vakili, ispaniyalik Telmo Sarra, u 1940—1955 yillarda «Atletik» safida 277 o‘yinda 251 gol muallifi bo‘lgan. Ispaniya chempionatida o‘ynashda davom etayotgan futbolchilar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Karim Benzemada, u 383 o‘yinda 192 gol urgan.

La ligadagi o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchi — darvozabon Andoni Subisarreta (622). Ikkinchi o‘rinda hamon futbolchilikni yig‘ishtirmagan va «Betis»da to‘p surishda davom etayotgan Xoakin (576). Uchinchi — afsonaviy Raul (550).

Mavzuga oid
Top