Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Afg‘oniston hukumati va armiyasini «imkoni yetganicha» qo‘llab-quvvatlashi ma'lum qilindi
Alyans agar Afg‘onistonda hokimiyat kuch bilan olinadigan bo‘lsa, xalqaro hamjamiyat «Tolibon» harakatini tan olmasligini bildirdi.
Shimoliy Atlantika alyansi Afg‘oniston hukumatiga imkoni yetganicha yordam beradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonotida ma'lum qilindi.
«Maqsadimiz Afg‘oniston hukumati va xavfsizlik kuchlarini imkon yetganicha uzoqroq qo‘llab-quvvatlashdir», — dedi NATO bosh kotibi.
Alyans agar Afg‘onistonda hokimiyat kuch bilan olinadigan bo‘lsa, xalqaro hamjamiyat «Tolibon» harakatini tan olmasligini bildirdi.
«Tolibon» agar hokimiyatni kuch bilan egallaydigan bo‘lsa, xalqaro hamjamiyat ularni tan olmasligini bilishi lozim. NATO nizoning siyosiy yechim topishini qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi Stoltenberg.
Avvalroq toliblar Afg‘oniston poytaxti Kobuldan 50 kilometr masofada ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026