O‘zbekiston | 19:22 / 13.08.2021
5874
2 daqiqa o‘qiladi

Quvurlarni ta'mirlashda innovatsiyalar joriy qilinyapti, lekin pilot bosqichda - “O‘zsuvta'minot”

O‘zbekistonda mavjud 72 ming km ichimlik suv tarmoqlaridan 27,3 ming km (37,9 foizi) ta'mirtalab holatda. Bu haqda 13 avgust kuni “O‘zsuvta'minot” AJ mas'ullari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Kun.uz muxbirining: “Eski quvurlarni ta'mirlashda hamon eski usullardan foydalanilyapti, ya'ni avtomobillar harakati to‘xtatiladi, yo‘llar kovlanadi va qator noqulayliklar bilan ish bajariladi. Ta'mirlashda innovatsion usullar qo‘llanishi haqida bir necha marta gapirildi. Shunday usulda ta'mirlanishning bugungi kundagi ulushi qanday?” degan savoliga “O‘zsuvta'minot” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Tohir Haydarov javob berdi.

“Innovatsion usullar qo‘llanilyapti. Jumladan, gorizontal burg‘ilash usuli bor. Yo‘llar, temiryo‘llar ostidan o‘tgan quvurlarni shunday usulda ta'mirlash mumkin.

Bundan tashqari, ichki sementlash usulidan ham foydalanamiz. Unda quvur turgan joyidan qo‘zg‘atilmagan holda ichki qatlami beton qilinadi. Yaqinda juda ko‘p avariya bo‘luvchi bitta uchastkada 300 metr quvurni shunday usulda ta'mirladik.

Albatta, innovatsion usullar bor, lekin ular pilot variantda”, – dedi Tohir Haydarov.

Mavzuga oid